AVTOMOBILLARNI KIMYOVIY TOZALASH

DIQQAT!
- Narxlar avtomobilning holatiga va dizaynning murakkabligiga qarab farq qilishi mumkin.
- Biz yo'qolgan narsalar uchun javobgar emasmiz.
- Biz juma kunlari ishlamaymiz.
- Ozonlash, quruq tuman bepul.
- Oldindan to'lovsiz.


SALONNI TOZALASH


600 000 so'mdan boshlanadi

DVIGATELNI TOZALASH


KELISHILGAN HOLDA

O'RINDIQLARNI TOZALASH


KELISHILGAN HOLDA

SOTUVGA TAYYORGARLIK

avtomobilni sotishga to'liq tayyorlash
KELISHILGAN HOLDA


MASHINANI MANZILGA BORIB TOZALASH

AVTOULOVINGIZ SOTUVGA TAYYOR!

Moshina salonini ehtiyotkorlik bilan tozalab qayta tiklashga yordam beramiz. Badbo'y hidlardan, sigaret tutunidan qolgan dog'lardan halos etamiz. Natijani ko'rib sotmaslikka qaror qilishingiz ham mumkin. Sevimli avtomobilga qayta jon bag'ishlashga yordam beramiz. O'rindiqlar, patalok, pol, torpeda va bagajgacha tozalaymiz. Shundan so'ng restayl korxonalariga murojat qilsangiz ham bo'ladi.

ZENUZ professional kimyoviy tozalash sizga arzon narxlar va shartlarda avtomobilingiz salonini yangilashga yordam beradi. Bir necha marta oddiy avtoyuvish joylarida siz bajarilgan ishdan qoniqmagansiz. Qaerdadir kirlari qolgan, qayerdadir uni tozalashni unutishgan, ba'zan esa yuvaman deb buzib qo'yishgan.

Shuni ta'kidlash kerakki, mashina yuvish shaxobchalari ishchilari ish sifatini emas, balki buyurtmalar sonini afzal ko'rishadi. Bundan bilsa bo'ladiki tezda tugatish va mashinaning faqat ko'rinadigan joylarini tozalash ular uchun yaxshiroqdir. Bizda esa aksincha. Eng muhimi - sifat. Mashinaning ichki qismini tirnamasdan eng mayda detallarigacha tozalaymiz. Hatto ba'zi tirnalgan joylarni olib tashlash mumkin. Potolok, tarpetka, pol, o'rindiqlar, orqa polka, avtomobil bagajnigi to'liq tozalash va tekshirishdan o'tadi. Ko'ngil xotirjamligi uchun ajoyib tanlov. Sevimli toychoqning pokligiga yordam beramiz.

MASHINA MOTORINI HAM TOZALAYMIZ

Dvigatel shunchalik ifloski, kartoshka eksayam bo'ladi!!! Shunday deyishadi motorist ustozlar. Hazil bilan istehzo, lekin sabablari bor. Nopok dvigatel bilan ishlash juda qiyin. Yog'larni almashtirish, zapchast va svechani almashtirish, holatni tekshirish qiyinlashadi... Gar siz avto ulov ishqibozi bo'lsangiz, bunday holat sizni albatta xafa qilishi aniq.

Avtomobil dvigatelini tozalashni ikki ko'rinishini taklif etamiz.

Birinchisi. Dvigatelning yuqori qismini butunlay qismlarga ajratamiz. Biz uni yaxshilab tozalaymiz va ehtiyotkorlik bilan qayta yig'amiz. Hatto bitta boltni ham o'tkazib yubormaymiz.

Ikkinchisi. Biz moshina matorini ajratmasdan tozalaymiz. Faqat kirish mumkin bo'lgan joylar tozalanadi. Natija deyarli birinchisi bilan bir xil va arzonroq.

Sinchkovlab, ehtiyotkorlik bilan demontaj asosida avtoulov motorini tozalab beramiz va qayta yig'amiz. Natijasi sizga manzur bo'lishi aniq. Motorning ahvoli va mayda detallarining yechilishi qiyinligiga qarab narx baholanadi. inomarkalar bilan ishlashga qodirmiz.


Tez-tez beriladigan savollar

Dvigatelni tozalash uning keyingi ishlashiga ta'sir qiladimi?

Aslo yo'q. Professionallar ishlaydi. Holatdan kelib chiqib, motorning ba'zi qismlarini almashtirishni tavsiya qilamiz. Bu ish faoliyatini yaxshilaydi.

Natijani qanday ko'rish mumkin?

Ichki qismni kimyoviy tozalashdan oldin biz video va suratga olamiz. Tugatgandan so'ng, ishimiz natijalarini ko'rishingiz mumkin.

Bayramdan keyingi qusikni olib tashlaysizlarmi?

Yo'q. Hatto qo'ng'iroq qilishingiz ham shart emas.

Tushuntiruvchi sabablarga ko'ra qonni olib tashlash mumkinmi?

Ha mumkin. Biz hatto qiyin dog'lar bilan ham kurashamiz.

Mashinani sotmoqchiman. Siz nimani tavsiya qila olasiz?

Agar moshinada kuzov ishlari mavjud bo'lsa, biz sizga mashinani kastapraga topshirishingizni maslahat beramiz. Indan keyin tozalash uchun biz bilan bog'laning. Ishimiz tugagach, siz yana mashinangizni sevib qolishingizga aminmiz. Siz sotishdan bosh tortishingiz ham mumkin.

Mening bolalarim bor. Ishlatiladigan limyolar zararlimi?

Yo'q. Ish oxirida yaxshilab chayish amalga osЁhiriladi. Allergiya yo'q. Bundan tashqari, dezinfeksiya va ozonlash bepul.