GILAMLARNI OVERLOK QILISH - NARXI

DIQQAT!
- Mutaxassis tashrifi bepul.
- Minimal buyurtma 10 metr.
- Oldindan to'lov yo'q.


GILAM OVERLOK QILISH

ushbu narx yuvishga ham bergan taqdirda
15 000 - 25 000 so'm 1 metr uchun

FAQAT OVERLOK

uyingizda overlok qilish
KELISHGAN HOLDA

GILAMNI TIKLASH

dazmol va boshqa nuqsonlar...
KELISHGAN HOLDA

GILAM BIRLASHTIRISH

gilam tikish va yopishtirish
KELISHGAN HOLDA


GILAM KESISH VA TIKISH XIZMATI TOSHKENT

UYDA VA FABRIKADA OVERLOK QILISH XIZMATI

Overlok xizmati ikki turga bo'linadi. Xonadoningizda va fabrikamizda. Agar fabrikamizda overlok qildirsangiz xizmat arzonroq. Agar uyingizda tez overlok qildirishni istasangiz puli ikki barobar oshish ehtimoli bor. Kerakli o'chamda xoxlagan formada gilamingizni kesib chetini tikib beramiz. Ip rangi istalgancha, 30 xildagi iplar orasida kerakligisini tanlashingiz mumkin. Fabrikaga olib ketilgan taqdirda tayyorlanish muddati 1 - 2 kun. Uyda overlok qilinsa bor yo'g'i 1 -2 soat.

GILAMNI TO'G'IRLASH VA QAYTA TIKLASH, YOPISHTIRISH

Talablarga binoan restavratsiya xizmatini ham yo'lga qo'ydik. Endilikda siz dazmol, chelak, choynak izidan yoki kalyan kuygisini to'g'irlash xizmatiga buyurtma berishingiz mumkin. Tuki yo'qolib kal bo'lgan joylarni qayta remont qilamiz. Tuklar qayta ekiladi. Bundan tashqari gilamni yopishtirish xizmati ham qo'shildi. Yirtilib ketgan yoki yangi gilamlarni gulini guliga mos qilib birlashtiramiz. Barcha aytilgan xizmatlar uchun alohida pul undiriladi. puli kelishilgan holda.


Gilamim yuvilgan, faqat overlok kerak. Masalaning yechimi bormi?

Masalaning 3 ta yechimi bor.
Birinchisi - uyingizda maxsus overlok moshinasi yordamida gilamingiz chetini kesib - tikib beramiz. Eng kam buyurtma 10 metr bo'lishi lozim. Puli qimmatroq, lekin ovoragarchiligi yo'q.
Ikkinchisi - tikilishi kerak bo'lgan gilamni fabrikamizga o'zingiz yetkazib berasiz. Arzonroq va ma'lum miqdordagi metr majburiyati yo'q.
Uchinchisi - manzilingizga eng yaqin bozorga gilamni olib boring. Tez va arzon pulga ishingiz bitadi. Toshkent shaxri markazida joylashgan CHORSU bozorini maslahat beramiz.

Gilamda dazmol izi qolgan, ketkazib bo'ladimi?

Ha bo'ladi. Agar faqat yuzaki qismi kuygan bo'lsa. Chuqur kuygan dazmol va kalyan izlarini restavratsiya qilish kerak.

Gilam restavratsiyasi bu nima?

Yaroqsiz gilam tuklarini olib tashlab o'rniga yangisini ekish.

Toshkent shaxridan tashqari xizmat ko'rsatasizmi?

Uyingizda gilam chetini tikish - overlok xizmatiga buyurtma bersangiz - HA, XIZMAT KO"RSATAMIZ. Olib ketib tikishga emas.

Gilamni o'zim kesaymi?

Agar o'zingizda ishonch bo'lsa ha. Ikkilansangiz yo'q. Eng ma'quli oq qog'ozga qanday kesilishini aniq chizib kelgunimizcha tayyorlab qo'ying.

Gilamni bir biriga yopishtirib bo'ladimi?

Albatta. Bizda ushbu xizmat turi mavjud. Har bir metr uchun baholanadi.

Dam olish kunlari buyurtma berishim mumkinmi?

Ha, buyurtmalar har kun qabul qilinadi va 24 soat davomida opketiladi.