MEBEL TOZALASH - NARXLARI

DIQQAT!
- Olib ketish uchun minimal buyurtma 300 000 so'm.
- Narxlar va buyumning holati material turiga qarab farq qilishi mumkin.
- Mutaxassis tashrifi bepul.
- Ish tugagandan so'ng to'lov qilinadi.


STUL VA PUFIKLAR


KELISHILGAN HOLDA

OSHXONA UGOLOKI


KELISHILGAN HOLDA

DIVAN TOZALASH


100 000 so'mdan boshlanadi 1 o'tirish joyi

DIVAN TRANSFORMER


KELISHILGAN HOLDA

KRESLO TOZALASH


100 000 so'mdan boshlanadi 1 buyum uchun

MATRAS TOZALASH

150 000 - 300 000 so'm 2 tarafi

UYINGIZDA GILAM TOZALASH

Zinalarni ham. Min. buyurtma 10 kv. m.
15 000 - 30 000 so'm kv. m.

O'YMA MEBEL


KELISHILGAN HOLDA

KLASSIK ITALIYA MEBELI


KELISHILGAN HOLDA

MODERNA ITALIA MEBELI


KELISHILGAN HOLDA

OZONATSIYA QURUQ TUMAN

vodorod bilan dezinfeksiya
KELISHILGAN HOLDA 1 kv. m.


UYDAGI YUMSHOQ MEBELLARNI TOZALASH XIZMATI (TOSHKENT)

DIVAN KRESLO STUL UGOLOK YUVISH XIZMATI

Mebel tozalash xizmati uyingizda amalga oshiriladi. Maxsus texnika yordamida qisqa muddatda har qanday ahvoldagi mebellarni tozalaymiz. Barcha ko'rinishdagi matolarni avvalgi holatiga qaytarishga yordam beramiz.

Bular jumlasiga stul, pufik, yostiq, divan, ugolok va boshaqalar kiradi. To'lov xizmat yakunlanganida amalga oshiriladi. Ish yakunida tekshirib, maqul bo'lganidan so'ng to'lov amalga oshiriladi. Keyinchalik yuzaga kelgan dog'larni ko'rsangiz 12 soat davomida habar bering. Qayta kelib bartaraf qilamiz. Maqsadimiz - istemolchilarimiz doim xizmatimizdan mamnun bo'lishidir.

UYDA GILAM YUVISH TOZALASH XIZMATI TOSHKENT

Gilam yuvish va mebellarni kimyoviy tozalash biznes sifatidagi faoliyatning yangiligiga qaramay, so'nggi paytlarda mamlakatimizda bu sohada mutaxassislar juda ko'p. Shunday bo'lsada biz bilan siz birinchi darajali xizmatni olishingiz mumkin.

Korxonamizdagi xar bir xodim xizmat yo'nalishiga qarab mukammallikka o'rgatiladi. Bizda doim fikr-mulohaza erkinligi mavjud. Bu esa barqaror rivojlanish garovidir. Agar xizmatimiz sifatidan qoniqmayotgan bo'lsangiz, biz bilan bog'lanishingiz, vaziyatni tushuntirishingiz mumkin. Muammoni sizning foydangizga hal qilishga harakat qilamiz.

Biz uchun asosiysi bu hajm miqdori emas, balki xizmat ko'rsatish sifati. Shuningdek, siz faoliyatimiz borasida o'z fikr va takliflaringizni bildirishingiz mumkin. Hurmat bilan "Zen Ecostirka Tashkent" korxonasi.


KLASSIK VA ZAMONAVIY LYUKS MEBELLARNI TOZALASH XIZMATI

CHET EL MEBELLARINI TOZALASH

Agar chet el lyuks qimmatbaho mebeli sohibi bo'lsangiz ushbu yo'nalishimiz aynan siz uchun. Istalgan import mebelini zarar yetkazmasdan tozalab beramiz. Xizmat puli kelishilgan holda. Natijani tekshirganingizdan so'ng to'lovni amalga oshirasiz. Toshkent shaxridagi eng ommabop import mebel turlari bu:
- Germaniya, Italiya, Polsha, Chexiya, Eron, Xitoy

Mato turlari: atlas, adras, ikat, Italiya villyuri, alkantara, ipak.

Oddiy va arzon mebel tozalash xizmatlariga buyurtma berishni maslaxat bermaymiz.

QO'LDA YASALGAN O'YMA ANTIKVAR MEBEL TOZALASH

Katta avlodlardan qolgan naqshinkor o'yma mebellarni zarar yetkazmasdan tozalab beramiz. Hech qanday kimyo va qo'pol asbob uskunalar - randa, tesha, najdak ishlatilmaydi. Hatto mebelda lak qoplamasi bo'lmasa ham buyumga putur yetkazmay tozalaymiz. Savollaringiz bo'lsa doim aloqadamiz. Telegramdagi operatorimizga mebel fotosini yuborib to'liq konsultatsiya olishingiz mumkin.


Tez-tez beriladigan savollar

Mebel tozalash qayerda amalga oshiriladi?

Buyumlar qayerda joylahsgan bo'lsa o'sha joyda, maxsus texnida yordamida tozalanadi.

Narxni qanday bilsam bo'ladi?

Odatda bir o'tirish joyi yoki umumiy maydonga qarab baholanadi. Masalan: odatda bir divan 3 kishiga mo'ljallangan bo'lib, 3 o'rinli deb qabul qilinadi.

Mebeldan tashqari boshqa buyumlar ham tozalanadimi?

Ha. Masalan bolalar kolyaskasi, bog' arg'imchiqlari, bog' soyabonlari, ostona pufiklari, barcha matoga ega buyumlarni yuvish qo'limizdan keladi.

Sizning xizmat turlaringiz arzonmi?

Bizda hozirgi davr uchun eng maqbul narxlar. Siz eng arzon yoki balandroq tarifni tanlash huquqiga egasiz.

Ishlatiladigan kimyoviy moddalar zararsizmi?

Mutlaqo bezarar. Hatto allergiyasi o'tkir mijozlarimiz ham ishimizdan mamnun.

Yumshoq mebelimni qanday parvarish qilsam bo'ladi?

Oddiy va oson. Mebelingiz ustiga yopinchiq (nalochka) tiktiring. Mebelning barcha tomonlarini yopsin. Har oyda bir martta kir yuvish moshinadida yuvib turing.

Mayda doglarni uyda ketkazib bo'ladimi?

Ha, issiq suvni dog' ustiga quyib quruq latta bilan arting. Hech qachon pemolyuks, soda, chayniy soda, gel, xlorka, utyonok ishlatmang.

Qanchada buyumlardan foydalansak bo'ladi?

Qish, sovuq davrda uyda issiqlik manbai yoqilgan holda 5-6 soat. Yoz kunlari 3-4 soat.

Buyumga zarar yetkazilmasligiga qanday kafolat bor?

Bosh ustamiz buyumni ko'rib tozalashga buyurtmangizni qabul qilsa kafolat beraa olamiz. Agar buyurtmangizni bekor qilsak demak ishonchimiz komil emas.

Bajarish muddati qanaqa?

Bunday buyumlarni tozalashga ko'p vaqt sarflaymiz. buyumning ahvoli va hajmiga qarab sizga anig'ini aytishimiz mumkin. Odatda bir ish kuni yetarli.

O'yma mebelimning taxtasi eski, tozalasa bo'ladimi?

Albatta. Xatto ustki laki bo'lmasa ham uddasidan chiqamiz.

Yana nimalarni tozalaysiz?

Naqshinkor o'yma devorlar, oynalar, mayda buyumlar.

Natija bilinadimi?

Odatda ha. Lekin bilinmaydigan matolar ham mavjud. Ko'rinishdan farqi kam lekin buyumdan chiqqan kirni ko'rganingizdan so'ng ishonch hosil qilishingiz mumkin.

Suvning taxta uchun zarari yo'qmi?

Aslo. Qo'llanish uslubi yarim quruq tozalashdir.